
Agar “Manchester Siti” futbolchisini sotsa, “Real” va “Bavariya” kurashishga tayyor
“Manchester Siti” Fil Foden bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, “Real Madrid” va “Bavariya” sotib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
“El Nacional” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” yozgi transferlar oynasida angliyalik hujumchini sotib yubormoqchi bo‘lsa, hozirgi kunda Madridning “Real” va Germaniyaning “Bavariya” klublari futbolchini jamoaga jalb qilishi mumkin. Manbaga ko‘ra, ikki klub ham vinger uchun 120 million to‘lashi ehtimoli bor.
Fodenning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 140 million evro deb baholanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli o‘yinchi joriy mavsum manchesterliklar safida 32 ta bellashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar