
Akmaljon Isroilov mezbon bokschini muddatdan avval engib, chempionga aylandi!
"World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqichga 7 nafar bokschimiz etib kelgandi.
-85 kg da ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Akmaljon Isroilov mezbonlar vakili Yakub Straszevski bilan oltin medal uchun jang qildi. Shiddatli kechayotgan to‘qnashuvda bokschimiz 2-raundda raqibni texnik nokautga uchratib, terma jamoamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Jahongir Zokirov va norvegiyalik Omar Shiha qarama-qarshili kutmoqda.
Fikrlar