"Al-Ahli" bosh murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?
"Nasaf" Elit OChLning birinchi turida "Al-Ahli" mehmoni bo‘lib, 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mattias Yaysslu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Uchrashuv qiyin o‘tdi, chunki birinchi taymda o‘z o‘yinimizni namoyish qila olmadik va xato evaziga gol o‘tkazib yubordik.
- Bu bahsda jarohatlar sabab ayrim rotatsiyalarga qo‘l urdim. Oldimizda muhim o‘yinlar bor.
- Muxlislar futbolchilarni ajoyib qo‘llab-quvvatlashdi. Bu ikkinchi taymda qaytishimizga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf"ni ikkinchi turda "Al-Hilol" bilan bo‘lib o‘tadigan bahs kutib turibdi.

Fikrlar