
"Al-Faysaliy" bosh murabbiyi: "Nasaf"ning chap qanot himoyachisi va 8-raqamli futbolchini alohida ta’kidlagan bo‘lardim"
Osiyo Chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Faysali" uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ahmad Hayel o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz "Nasaf"ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorlandik. Qarshiga g‘alaba uchun kelganmiz. Shu bilan birga, ushbu o‘yinda boshqa uchrashuvlarga qaraganda boshqacha futbol ko‘rsatamiz".
Mezbonlar haqida:
"Nasaf"ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Shuning uchun bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz. Tarkibimizda yo‘qotishlar yo‘q, hamma tayyor".
Birinchi o‘yin haqida:
"Birinchi o‘yinda men jamoaga murabbiylik qilmaganman. Klubning o‘tgan safargi darajasi saqlanib qolgan. "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish og‘riqli. Shunga qaramay, birinchi bahsda "Al-Faysali" yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Biz bu uchrashuvni esdan chiqarib, ertangi bahsga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman".
"Nasaf"ning qaysi futbolchilari kuchliroq?
"Aslini olganda bir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatish nato‘g‘ri, lekin chap qanot himoyachi va 8-raqamli o‘yinchini ta’kidlash mumkin". Bir narsani alohida ta’kidlashim kerak, "Nasaf"ning hujumchilari kerak paytda yarim himoyachi vazifasini ham bajara oladi, mening jamoamda esa bu narsa yo‘q".
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs 27 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. Mazkur o‘yin oldidan Ahmad Hayeldan tashqari Berdiev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fikrlar