"Al-Hilol" "Al-Ittihod" ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi

  • 6 avgust, 2023, 01:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Arab chempionlar kuboki chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "Al-Hilol" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda riyodliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 14-daqiqada Milinkovich-Savich hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Al-Dosari oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 56-daqiqada Romarino javob golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Malkom o‘yinga nuqta qo‘ydi. Uchrashuvda Benzema penaltidan unumli foydalan olmadi.

Shu tariqa, "Al-Hilol" yarim finalga yo‘l oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!