"La Liga bellashuvi AQShda o‘tkaziladi"

  • 28 iyun, 20:58
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xaver Tebas La Liganing AQShda o‘tkaziladigan o‘yini haqida fikr bildirdi.

- Biz bu borada ishlamoqdamiz, ammo bu oson emas. Men bu masalani tartibga solishi kerak bo‘lgan FIFA qo‘mitasiga a’zoman.

Tecno

AQShda sud bizni Qo‘shma Shtatlardagi o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorimiz Relevent bilan shartnoma tuzishga majbur qildi. Bu mavsumda yoki keyingisida amalga oshadimi, o‘rganib chiqamiz va ko‘ramiz.

Bu La Liga uchun ustuvor vazifa emas. Biroq, umid qilamanki, biz bunga erishamiz. Qanchalik erta bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Biz buni xohlagan bo‘lardik.

NFL o‘yinlari "Santyago Bernabeu"da, NBA esa Parij va boshqa joylarda o‘tkazilayotgan ekan, biz nima uchun bunday qila olmaymiz? - dedi La Liga prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!