"Al-Hilol" bu futbolchi bilan transferlar oynasida shov-shuv qilmoqchi

  • 21.06.2024 20:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Xabarlarga ko‘ra, Leauga "Al-Hilol" qiziqmoqda.

Tecno

Italiya nashrlarining xabar berishicha, Saudiya klubi Leauning 175 million evro tovon puli to‘lamoqchi emas, lekin maksimal 100 million taklif qilishi mumkin.

Maoshga kelsak, Portugaliyalik vinger hozirgidan 3 baravar ko‘proq pul ishlashi mumkin. Shunday qilib, Rafael Arabistonda yillik maoshi 21 million evroni  tashkil qiladi.

Arab manbalarining ta’kidlashicha, Saudiya qirollik oilasi bilan aloqaga ega bo‘lgan futbolchining vakili allaqachon kelishuv ustida ishlashga tayyorligini bildirgan. Futbolchining otasi  ham bu yangiliklardan xabardor.

O‘tgan mavsumda A Seriada hujumchi 34 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!