"Al-Hilol" Nunesdan voz kechmayaptimi?

  • 2 avgust, 01:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvin Nunes Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Tecno

Insayderi Fabritsio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, "Al-Hilol" klubi "Liverpul" hujumchisining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, mersesaydliklar ham futbolchini sotish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini saqlab turibdi.

Darwin Nunez of Liverpool during the MEIJI YASUDA J.LEAGUE World Challenge 2025 presented by The Nippon Foundation match between Yokohama F•Marinos...

Muzokaralar yaqin kunlarda davom etadi. Nunes esa hozirgi paytda "Al-Hilol"ning transfer maqsadlar ro‘yxatida yuqori pog‘onalardan joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Darvin amaldagi APL chempionlari safida umumiy 143 ta uchrashuvda ishtirok etib, 40 ta gol va 26 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!