
"Al-Hilol" Teo Ernandes transferini e’lon qildi
Himoyachi Teo Ernandes - "Al-Hilol" futbolchisi.Bu haqda klub matbuot hizmati xabar berdi.
Ernandes "Al-Hilol" bilan uch mavsumga - 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ernandes uchun "Al-Hilol" "Milan"ga 25 million evro to‘lagan.
Teo Saudiya Arabistoni jamoasida 19-raqam ostida to‘p tepadi. Bunga qadar Teo Ernandes "Milan" safida 262 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan va hamda 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Fikrlar