
"Al-Shabab" - "Al Nassr" uchrashuvida kuchlar teng keldi
Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turidan o‘rin olgan "Al-Shabab" - "Al-Nassr" uchrashuvi yakunlandi.
O‘yin davomida ikkala kulbda ham bir qancha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, gol urilmadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Xamyurtimiz Jaloliddin Masharipov maydonda 60 daqiqa harakatlandi.
Shu tariqa, "Al-Nassr" turnir jadvalida 1-o‘rinda qoldi. "Al-Shabab" esa 3 pog‘onani band qilib turibdi.
Fikrlar