Alabaning tarkibga qaytish muddati kechikmoqda

  • 27 iyul, 2024, 11:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi 2023 yilning dekabr oyida jiddiy  jarohat olgan himoyachi David Alabaning tiklanish muddati haqida pessimistik fikrda. Bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, ispan grandlari avstriyalik himoyachi jarohatidan 2024 yilning oktyabrigacha to‘liq forig‘ bo‘lishini kutishgan, biroq futbolchining tiklanish jarayoni kechikmoqda. 

Avvalroq OAVda himoyachi 2025 yilgacha to‘liq tiklanishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 20 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!