Alam qilarkan: Mag‘lubiyatsiz seriya kutilmaganda tugadi

  • 30.10.2022 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning Angliya premer-ligasi doirasida o‘z maydonida “Lids”ga yutqazgani jamoaning etakchi himoyachisi Virjil van Deyk uchun juda alamli bo‘ldi.

Bu uchrashuvdan keyin 31 yoshli niderlandiyalik himoyachining “Enfild”dagi mag‘lubiyatsiz seriyasi tugadi.

Van Deyk “Liverpul”ga 2018 yili “Sautgempton”dan 84,7 million evro evaziga olib kelingandi. Shundan beri tajribali himoyachi uy uchrashuvlarida biron marta yutqazmay kelayotgandi.

Virjil van Deyk shu paytga qadar “Liverpul” safida jami 199 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!