
Aleks Pereyra: "Bu jang o‘tkazilmasligi ham mumkin edi, chunki..."
Yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Aleks Pereyra Xalil Rauntriga qarshi bahs bekor bo‘lishiga ozgina qolganini aytib o‘tdi.
"Jang og‘ir kechdi, ammo janggacha bo‘lgan jarayon undan ham qiyin kechganini faqatgina men va jamoam biladi, xolos. Bir oy oldin Braziliyada edim va menda viza olish bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar bor edi. Konsullikka vizam tayyor yoki yo‘qligini bilish uchun har kuni borardim. Nihoyat AQSh ga qaytishga muvaffaq bo‘lganimda, shamollab qoldim, tomog‘im og‘ridi va ko‘plab antibiotiklar qabul qilishga majbur bo‘ldim. Ammo yakunda barchasi yaxshilik bilan tugadi. Bundan juda xursandman", - dedi braziliyalik jangchi.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Pereyra Xalil Rauntrini engib, uchinchi bor kamarini ximoya qildi.
Fikrlar