
Aleks Pereyraning keyingi raqibi kim?
Yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi, rossiyalik Magomed Ankalaev chempionlik kamari uchun da’vogar ekanini yana bir bor ta’kidladi.
“Dana Uayt jamoamga Aleksning navbatdagi raqibi men ekanimni aytdi. Buni hal qilganingiz uchun rahmat”, — deb yozdi Anqalaev X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Ankalaev avstriyalik Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Pereyra esa "UFC 307" turnirining to‘rtinchi raundida amerikalik Xalil Rountrini texnik nokaut bilan engandi.
Fikrlar