Aleksandr Emelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin

CHERY AUTO

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko 15 noyabr kuni Baxraynda bo‘lib o‘tadigan Brave SF 29 turnirining Gran-prisida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Musobaqalar ochiq vaznda o‘tkaziladi.

Tecno

Emelyanenko ariza topshirgan yuzlab nomzodlar orasida 15 ta saralangan sportchining orasiga qo‘shilgan. Tez orada tashkilotchilar turnirda qatnashadigan to‘rtta jangchini tanlashadi. Mazkur turnirda  yarim final janglari ikki raund va besh daqiqa davom etadi. Final esa uch raunddan iborat bo‘ladi.

G‘olib 100 ming AQSh dollarga hamda KHK ning birinchi jahon chempionligi kamariga ega bo‘ladi. Ushbu kamar 6,2 kg sof oltindan yasalgan .

Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Moskvadagi Emelyanenko boks qoidalariga ko‘ra Mixail Koklyaevga ham qarshi jang o‘tkazishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!