Aleksandr Pantojaning oktagonga qaytish muddati ma'lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, "UFC 323" turnirida braziliyalik Aleksandr Pantoja Myanma vakili Joshuа Vanga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va jang boshidayoq tirsagidan jarohat olib, kamarni boy berib qo‘ygan edi.
Amerikalik taniqli jurnalist Ariel Xelvaning ma’lum qilishicha, sobiq chempion hech qanday operatsiyaga muhtoj emas. Pantoja shu yilning yoz yoki kuz faslida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.
Bu vaqt ichida esa Van boshqa bir da’vogarga qarshi chempionlik himoyasini o‘tkazishi mumkin. Aleksandr qaytgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri unvon uchun jang qilsa ham ajab emas.



Fikrlar