Aleksandr Reshetnikov eng kuchli triatlonchilar bilan bahslashdi

CHERY AUTO

Shveytsariyaning Lozanna shahrida triatlon bo‘yicha jahon triatlon seriyasining "Grand Final" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 4000 dan ortiq professional va havaskorlar sportchilar ishtirok etdi.

Tecno

Musobaqada hamyurtimiz Aleksandr Reshetnikov o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashdi. Jahon miqyosidagi triatletlar bilan o‘tgan bahsda u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan kelgan sportchilaridan keyin 4 - o‘rinni, Osiyo triatlonchilari o‘rtasida 5 - o‘rinni (Yaponiya va Gonkong sportchilaridan keyin), dunyoning barcha o‘smirlari orasida 54-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, triatlon bo‘yicha jahon seriyasi – bu har yillik bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadigan musobaqadir. Elita toifasidagi g‘oliblar jahon chempionlariga aylanadilar va musobaqaning mukofot jamg‘armasi deyarli 2 million AQSh dollarni tashkil qiladi.

Jahon seriyasining bosqichlarida musobaqalar ikki turdagi masofada o‘tkaziladi: Olimpiya masofasi (1500 metrga suzish, 40 km velosiped poygasi, 10 km yugurish) va sprint (750 metr suzish , 20 km velosipedda, 5 km yugurish).

Triatlon bo‘yicha Jahon seriyasining "Grand Final" musobaqasi –  bu eng nufuzli bosqich bo‘lib, unda g‘alaba uchun sportchilarga eng ko‘p ochko taqdim etadi. Unda triatlon bo‘yicha jahon chempionlarining nomlari aniq bo‘ladi.

photo_2019-09-03_11-18-04

photo_2019-09-03_11-18-03

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!