
Aleksandr Usik: "15-20 yildan keyin boks giyohvandlikka aylanadi"
Og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik sportchilarda yillar davomida rivojlanayotgan boksga psixologik bog‘liqlik haqida gapirdi.
“Boks, agar siz bu bilan uzoq vaqt shug‘ullansangiz - 10, 15, 20, 25 yil - giyohvandlikka aylanadi. Bir kun mashg‘ulotga bormasangiz, o‘zingizni o‘likdek his qilasiz. Ayni damda men bilan ham ana shunday holat yuz bermoqda. Shu bois har kuni mashg‘ulotlarga chiqayapman" - deya ukrainalikning so‘zlarini keltirdi "talkSPORT".
Eslatib o‘tamiz, Usik oxirgi jangida Tayson Fyurini ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar