Aleksandr Usik: "Daniel, IBF kamarimga g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun rahmat, endi uni qaytarib olmoqchiman"

  • 28 aprel, 17:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi jang oldidan ba’zi bir fikrlarni bildirib o‘tdi. 

"Menda yana mutlaq chempion bo‘lish uchun imkon tug‘ilganidan xursandman. Daniel, IBF kamarimga g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun rahmat. Endi uni qaytarib olmoqchiman" - dedi ukrainalik bokschi.

Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni "Uembli"da Dyubua bilan revansh jangini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!