Aleksandr Usik: "Fermada ishlagan paytim qo‘limdan kelgan barcha ishni qilardim"

  • 16 dekabr, 2024, 12:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida WBC, WBA va WBO chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bolaligi va ulg‘aygan joyi - Chernigov viloyatidagi qishloq hayoti haqida gapirib berdi.

Tecno

“Fermada qo‘limdan kelgan barcha ishni qilardim – muzqaymoq, o‘rik, shaftoli sotardim, chorva boqardim. Bundan uyalmasdim. Barchasini oilam uchun qilganman. Esimda, bolaligimda ko‘p dalaga chiqardim va tez-tez yig‘lardim. Ko‘z yoshlar sababi esa bu hayotni tark etish va yaxshiroq yutuqlarga erishish istagimdan edi", - deya Usikning so‘zlarini keltirdi "Daily Mail".

Eslatib o‘tamiz, Usik navbatdagi jangini 21 dekabr kuni Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!