
Aleksandr Usik: "Ishonmayaman"
IBF, WBA va WBO kamarlari egasi ukrainalik bokschi - Aleksandr Usik Tayson Fyurini qo‘lqoplarini mixga ilgani borasidagi xabarlarga munosabatini bildirdi:
"Men uni boksni tark etganiga ishonmayman. Buni imkoni yo‘q. Voqealar rivojidan ilgarilab ketmaslikni maslahat bergan bo‘lar edim."
Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang bo‘lishini taxmin qilayotganlar hali umidini uzganicha yo‘q. Hatto, taniqli pramouter Bob Arum ham bu to‘qnashuv bo‘lishi uchun hamma narsaga tayyor ekanligini ma’lum qildi
Fikrlar