Aleksandr Usik MMA da jang o‘tkazmoqchi!

  • 24 sentabr, 21:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bloger va bokschi Jeyk Pol bilan oktagonda MMA qoidalari asosida jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Tecno

"Rol bilan MMA da jang o‘tkazish - yaxshi g‘oya. Tez orada boks sahifasini yopib, seni oktagonda kutib qolaman. Ko‘ramiz Jeyk, senda haqiqiy mardlik bormi yoki faqat sarlavhalarga muhabbatmi!" - deb yozdi Usik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol hozirda WBA chempioni Jervonta Devisga qarshi ko‘rgazmali jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu bahs 15 noyabr kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!