Aleksandr Usik va Tayson Fyuri ishtirok etadigan kechada yana kimlar jang qiladi?

  • 21 dekabr, 2024, 18:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston vaqti bilan 22:00 da Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi start oladi. Kechaning asosiy to‘qnashuvida esa ukrainlik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs taxminan 22 dekabr, tonggi soat 04:00 (O‘zbekiston vaqti bilan)da boshalanishi kutilmoqda. Quyida musobaqaning to‘liq kardi bilan tanishishingiz mumkin:

Tecno

Aleksandr Usik (22-0, 14 KO), Ukraina — Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO), Buyuk Britaniya;
Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO), Ukraina — Ishmael Devis (13-1, 6 KO), Buyuk Britaniya;
Mozes Itauma (10-0, 8 KO), Buyuk Britaniya – Demsi Makkin (22-1, 14 KO), Avstraliya;
Jonni Fisher (12-0, 11 KO), Buyuk Britaniya – Devid Allen (23-6-2, 18 KO), Buyuk Britaniya;
Ayzek Lav (25-2-3, 8 KO), Buyuk Britaniya – Li Makgregor (14-1-1, 11 KO), Buyuk Britaniya;
Daniel Lapin (9-0, 3 KO), Ukraina – Dilan Kolin (14-0, 4 KO), Frantsiya;
Andrey Novitskiy (13-0, 10 KO), Ukraina – Edgar Ramires (10-1-1, 4 KO), Meksika.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!