
Aleksandr Xomyakov: "Yigitlarda charchoq bilindi"
“Andijon” hamda Polshaning “Vishista Krakov” (2:3) klublari o‘rtasidagi o‘yindan keyin "Burgutlar" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z munosabatini aytdi:
“Bugungi o‘yinda yigitlarda charchoq bilindi. Uchrashuvning boshidagi dastlabki 8-daqiqasida 0:2 hisobida yutqzayotgandik.
Shundan so‘ng futbolchilarga hali vaqt borligini tushuntirdim. Himoyada xatolar tufayli gol o‘tkazib yuboryapmiz. Hujumda ham samaradorlikni oshirishimiz kerak.
Vaqtimiz kam qolyapti. O‘ylab ko‘rib muhokama qilamiz, gaplashamiz. Qolgan 3 ta uchrashuvda o‘yinni boshqarishga harakat qilamiz”.
Fikrlar