Aleksandr Zverev chorak finalga chiqdi

  • 1 mart, 2018, 10:44
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Meksikada o‘tayotgan "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining ikkinchi davrasida germaniyalik Aleksandr Zverevga hamyurti Peter Goyovchik jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.

Tecno

Akapulko shahrida o‘tayotgan turnirda Aleksandr va Peter uchrashuvi keskin va murosasiz o‘tdi. Mazkur o‘yinning birinchi setida Zverev tay-brekda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Aleksandr musobaqaning 1/4 finalida amerikalik Rayan Xarrisonga qarshi bahs olib boradi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!