
Aleksis Sanches bugun "Manchester Yunayted"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
"Arsenal" klubi futbolchisi Aleksis Sanches bugun "Manchester Yunayted" a’zosiga aylanadi. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, chililik hujumchi bugun Manchesterda tibbik ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng tomonlar shartnoma imzolashadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sanches mankunianliklar tarkibida 7-raqamni olishi borasida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar