Alisher Nikimbaev:Qosim Sulaymoniyning haykalini o‘rnatgan ahmoq qilgan ishi ortidan qanday katta muammolar paydo bo‘lishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

  • 3 oktabr, 2023, 00:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev “Sepaxon” – “Al Ittihod” bahsidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bu haykalni (byusti) stadionga olib kelgan shaxs qanday ulkan xato qilganini anglab etmagan.

Tecno

“Naqsh Jahon” arenasiga o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning haykalini o‘rnatgan ahmoq qilgan ishi ortidan qanday katta muammolar paydo bo‘lishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

k34o34kg

Gap, o‘zi sevgan jamoa futbolchilari bilan birgalikda Benzema boshchiligidagi yulduzlar jamoasi o‘yinidan quruq qolgan 60 ming muxlis haqida bormayapti. Bu qaysar ahmoq barcha Saudiya klublarini Erondagi o‘yinlarni shubha ostida qoldirdi. 7 yil davomida bu o‘yinlar ikki mamlakatda ham tashkil etilgani yo‘q. Doim neytral maydonda o‘tgan o‘yinlar faqat bu yilga kelib uy-mehmon tizimida o‘tkazilishiga ruxsat berilgan edi. Vaholanki, ikki hafta ilgari Tehronda “Persepolis” – “An Nasr” bahsi muamollar bilan bo‘lsada, o‘tkazilgan. Muammo ham muxlislarni Ronalduni ko‘rish ilinjida mehmoni eshigi oldida to‘planib olgani va natijada saudiyaliklar mashg‘ulot o‘tkazishga kech qolgani bilan bog‘liq.

Isfaxondagi janjal nafaqat “Sepaxon”ga, balki barcha Eron klublariga qimmatga tushishi mumkin”.

34ogk3okg43

Aslida, bahs boshlanguniga qadar hech qanday muammo yuzaga kelgani yo‘q. Barchasi o‘yinga shay holatda edi, ammo General Qosim Sulaymoniyning haykalini stadionda paydo bo‘lishidan boshlandi. Saudiyalik futbolchilar “Sepaxon” stadioniga o‘rnatilgan general Sulaymoniyning byusti sabab maydonga chiqishdan bosh tortishgan.

O‘yinni jonli tomosha qilish maqsadida arenaga tashrif buyurgan 60 ming muxlis "Biz siyosatni sportga aralashishini istamaymiz" qabilidagi so‘zlarni baralla aytib turgan bir paytda, “Al Ittihod" stadionni tark etgani aytilmoqda.

OFK bu voqea borasida hali yakuniy xulosasini e’lon qilgani yo‘q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!