Alison van Uytvank raqibiga bir dona geymni sovg‘a qildi
Ruminiyalik Mixaela Buzarnesku Budapeshtda davom etayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
U chorak final chiqish uchun belgiyalik Alison van Uytvankga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda Alison raqibiga faqatgina bitta geymni boy berdi.
Shu tariqa Alison van Uytvank "Hungarian Ladies Open - 2018" turnirining yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda slovakiyalik Yana Chepelova hamda xitoylik Jan Shuay o‘yini g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar