Alissonning qachon safga qaytishi ma’lum
"Liverpul" darvozaboni Alisson qachon safrga qaytishi ma’lum bo‘ldi.
Kecha mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp darvozabon Alisson va hujumchi Diogu Jota jarohat olganligini aytgan edi.
Tibbiy tahlilchi Ben Dinnerining fikricha, braziliyalik posbon "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yingacha tuzaladi, Jota esa keyinroq safga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alisson joriy mavsum APLda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar