Allegri “Yuve”ga boshqa yulduzni chaqirdi

  • 18 iyul, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” tarkibini shakllantirishga harakat qilayotgan Massimiliano Allegri yaqinda PSJ hujumchisi Mauro Ikardiga bog‘landi. Italiyalik mutaxassis argentinalik hujumchi o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanini aytgan.

Tecno

Mauro Ikardi faoliyatining katta qismini A Seriyada o‘tkazgan. Bir necha mavsum “Inter”da to‘p tepgan futbolchi 2019 yili PSJga ijaraga berilgandi. Keyinchalik parijliklar uning o‘yinidan mamnun bo‘lib, transferini to‘liq sotib oldi.

28 yoshli Mauro Ikardining transferi 40 million evroga baholanmoqda. Biroq, PSJ uni Italiya klublaridan biriga transfer qiladigan bo‘lsa, kelishuvga ko‘ra, “Inter” hisob raqamiga yana 15 million evro o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!