Allen: "Bu jangda men g‘alaba qozongan edim !!!"

  • 29 yanvar, 2024, 10:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

UFC ning yarim engil vazn toifasidagi jangchisi Arnold Allen(19-3) yaqinda Movsar Evloev(18-0) bilan bo‘lgan jangni yana esladi va u bu qarama-qarshilikda mag‘lub bo‘lmaganini aytdi.

Hamma birinchi va uchinchi bosqichda g‘alaba qozonganimni aytadi. Men ham shunday deb o‘ylayman. Birinchi raunddan keyin men o‘yladim: "Aha, g‘alaba meniki". To‘g‘ri, ikkinchi raundni boy berib qo‘ydim. Ammo uchinchi raund yana meniki bo‘ldi. Juda, juda xafa! Men 2024 yilni shunday boshlamoqchi emas edim. Men g‘alaba qozonishga haqli edim. Men yosh bolalardek qichqirishni va shikoyat qilishni xohlamayman. Menda Evloev va uning jamoasiga nisbatan nafratim ham yo‘q. Lekin jangni bir necha bor kuzatgan holda shuni ayta olamanki, birinchi va uchinchi raundlarda aniq men g‘alaba qozongandim", - deya Allenning so‘zlarini keltiradi BJ Penn.

Eslatib o‘tamiz, Allenning Evloev bilan jangi "UFC 297" doirasida bo‘lib o‘tgan va unda Movsar hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!