Alonso: "Kim munosib bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa ichidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Undan Trent Aleksandr-Arnold va Dani Karvaxalning raqobati haqida so‘rashdi.
"Baxtliman, jamoamiz ichida sog‘lom raqobat bor. Kuchli raqib bo‘lsa, bu har doim chaqiriq hisoblanadi. Shu holat boshqa pozitsiyalarda ham bor – markaziy himoyada yoki vingerlarda. Kim munosib bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi", –deya ta’rif berib o‘tdi "qirollik klubi" ustozi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Karvaxal "Real" sardori hisoblanadi. 26 yoshli Aleksandr-Arnold esa jamoaga yozda qo‘shilgan.



Fikrlar