
Alonsoning javobini kutishyapti
"Bavariya" Xabi Alonsoning javobini kutmoqda.
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Tomas Tuxel o‘rniga Myunxen klubiga kelishi mumkin. "Bild" nashri xabariga ko‘ra, Alonso hali "Bavariya"ni boshqarish borasida o‘zining fikrini bildirmagan. Shuning uchun, rahbariyat alternativ variant qidirmoqda.
Ular orasida "Brayton" ustozi Roberto De Zerbi nomi ham tilga olinmoqda. Ayni dam uni bosh murabbiy lavozimiga olib kelish uchun "Barselona" va "Liverpul" ham harakat qilmoqda.
Fikrlar