Alvares - Berlanga jangi qancha daromad keltirdi?

  • 20 sentabr, 2024, 12:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

14 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy to‘qnashuvida WBA, WBO va WBC yo‘nalishlari chempioni Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) va Edgar Berlanga (22-1, 17 KO) ringga ko‘tarildi. To‘liq 12 raund davom etgan baxsda meksikalik bokschining qo‘li baland keldi. 

Musobaqa tashkilotchilari qancha PPV translyatsiyalarni sotgani malum bo‘ldi. "Sports Business Journal" malumotlariga ko‘ra, deyarli 650 mingta pullik translyatsiyalar, shuningdek, 17 million dollarlik kirish chiptalari sotilgan.

Etiborlisi, bu ko‘rsatkichlar Alvaresning sobiq jahon chempioni Xayme Mungiyaga qarshi jangidan 100 mingga ko‘proq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!