Amorim: "Bayindir davom etadi, Onanaga esa omad tilayman"

  • 12.09.2025 19:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoadagi darvozabonlar vaziyati haqida fikr bildirdi.

– Darvozabon masalasi haqida:

"Bayindir o‘ynashda davom etadi. Bu boshqa liga, boshqa mamlakat, boshqa mashg‘ulotlar va hatto boshqa to‘p. Ular asosiy tarkib uchun kurashishadi, lekin men uchun ochiq-oydin – startda Altay maydonga tushadi", – deya javob berib o‘tdi "qizil iblislar" mutaxassisi.

Shuningdek, murabbiy ijara asosida "Trabzonspor"ga yo‘l olgan Andre Onana haqida ham to‘xtaldi:

"Bizga o‘zgarishlar kerak edi, ba’zan buni tushuntirish qiyin. Ba’zan bu faqat bir daqiqalik holat, ba’zan omadsizlik.

Ham uning, ham bizning uchun og‘ir bo‘ldi. Lekin men Onanaga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. U yaxshi ishladi, lekin ba’zan eng yuqori darajadagi o‘yinchi ham o‘zgarishga muhtoj bo‘ladi", – dedi Amorim.

Avvalroq klub "Antverpen" posboni Senne Lammensni 23 yoshida sotib oldi. Ammo APLning ilk turlarida asosiy tarkibda Altay Bayindir maydonga tushdi. 

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabr kuni MYu derbida "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!