Amorim: "Ishonch g‘alabalar bilan keladi"

  • 26 oktabr, 14:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim "Brayton"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"O‘yin juda qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Uchinchi goldan keyin stadiondagi shovqin aql bovar qilmas darajaga chiqdi. Bu qandaydir g‘ayrioddiy hodisa edi. Bu haqiqatdan ham ajoyib edi. Stadionga kirib kelganimizda ham muxlislar bizni yaxshi kutib olishgandi. Bu bizga o‘yin mobaynida motivatsiya bag‘ishladi. Muxlislarda bizga nisbatan ishonch tuyg‘usi yanada ortib boryapti. Ishonch- bu normal holat, u g‘alabalar bilan mustahkamlanadi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" kecha tunda "Brayton" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 16 taga etkazib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!