Amorimning gapi “Manchester Yunayted” fanatlariga yoqmadi

  • 31 dekabr, 2024, 18:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” keyingi paytlardagi eng og‘ir damlarini boshdan o‘tkazmoqda. Portugaliyadan olib kelingan Ruben Amorim ham jamoada ijobiy burilish yasay olmayapti.

Tecno

Manchesterliklar yangi bosh murabbiy qo‘l ostida barcha turnirlarda ketma-ket to‘rt marotaba mag‘lub bo‘ldi. 2024 yilning so‘nggi uchrashuvida “Nyukasl” futbolchilari “Old Trafford”dan uch ochko olib ketdi.

Ruben Amorim shogirdlari bu ketishda liga qolish uchun kurashishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.

- Bu mavsum ligada qolish uchun kurash davri bo‘lishi mumkinmi? Agar muxlislarimizga rostini aytishimiz kerak bo‘lsa, shunday holat yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Biz qandaydir o‘zgarishlar qilishimiz kerak.

Bu mavsum hammamiz uchun juda qiyin kechadi. Lekin bu bizni yanada kuchli qiladi, chunki kurashishni o‘rganishimiz kerak,  - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!