
Amrabat faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
O‘tgan mavsunmi "Manchester Yunayted"da ijarada o‘tkazgan Sofyan Amrabat "Fenerbaxche"da ko‘chib o‘tmoqda.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, futbolchi sotib olish opsiyasi bilan ijaraga o‘tadi. Agarda Turkiya klubi uni sotib olishni istasa, kelasi yozgacha 13 million evro va qo‘shimcha bonuslarni "Fiorentina"ga to‘lashi kerak bo‘ladi. Yarim himoyachi bilan 4 yillik shartnoma imzolanishi mumkin.
"Fenerbaxche" mavsumni juda yaxshi boshladi. Jamoa chempionat doirasida 3 ta o‘yinda 7 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi marta istanbulliklar "Rizespor"ni 5:0 hisobida mag‘lub qildi.
Fikrlar