
"An-Nasr" endi "Inter" yulduzini nishonga oldi
"Inter" yarim himoyachisi Xakan Chalxanog‘lu "An-Nasr"ning transfer radariga tushdi. Jurnalist Janluidji Longari xabariga ko‘ra, saudiyalik klub vakillari 31 yoshli turk futbolchisining atrofidagi shaxslar bilan aloqaga chiqqan.
Iyul oyida Chalxanog‘lu Turkiyaga qaytishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgan — unga "Galatasaray" va "Fenerbaxche" qiziqish bildirgandi. Biroq o‘sha paytda o‘yinchining o‘zi "Inter"da qolish niyati borligini aytgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, xavbekning bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Yaqinda "An-Nasr" "Barselona"ning sobiq markaziy himoyachisi Inigo Martines bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar