Ana xolos! Messi yana bir yildan so‘ng "Barselona"ni tark etishi mumkin

  • 7 sentabr, 2019, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi yana bir yildan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda CNN Deportes muxbiri Martin Kastilya xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbolchi kelgusi yoz "ko‘k-anor ranglilar" safidan "Nyuells Old Boyz" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Messi “Barselona”ni faqatgina bolaligida to‘p surgan "Nyuells Old Boyz" klubi uchun tark etishi haqida bir necha bor aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Messining shartnomasiga ko‘ra u joriy mavsum yakunlangach “Barsa” bilan kelishuvni bekor qilish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mironshox
07/09/2019 16:52
Bekor gap bir bor ekan bir yoq ekan
&
Абвгд
07/09/2019 11:54
Янги тема энди ёзгача шу мавзу айланаверади