Ana xolos: “Real” Mbappega raqam ajratdi

  • 19 fevral, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappega 10-raqamni beradigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli jurnalist Santi Auna xabar tarqatdi.

Tecno

“Qirollik klubi”da ayni paytda 10-raqam ostida “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich o‘ynayapti. Xorvatiyalik yulduzning madridliklar bilan shartnomasi yozda yakunalanadi va katta ehtimol bilan jamoa 38 yoshli futbolchi bilan xayrlashadi.

Kilian Mbappe Parij klubi safida 7-raqamda ishtirok etadi. Frantsiya terma jamoasi safida esa, 25 yoshli forvard 10-raqamni tanlagan.

Evropa matbuoti “Real” rahbariyati Kilian Mbappe bilan dastlabki kelishuvni imzolab bo‘lganini va 2029 yilning yarmigacha davom etadigan bitim joriy yilning  1 iyulidan kuchga kirishi haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Shu bilan birga Kilian Mbappe madridliklar taklif qilayotgan maosh uni qoniqtirmayotgani va Angliyaning grand klublari bu vaziyatdan foydalanib qolishga urinayotgani haqida ham xabarlar chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!