
Ana xolos! "Real" murabbiylikda omadi yurishmagan Zeedorf bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Madridning "Real" klubi bosh murabbiy lavozimiga kutilmagan nomzod bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
AS nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” vakillari ayni damda jamoaning yana bir sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ta’kidlash kerakki Zeedorf ayni damda Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Real” 42 yoshli gollandiyalik mutaxassisga Santyago Solari o‘rniga mavsum so‘nggigacha jamoani boshqarishni taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Zeedorf murabbiylik faoliyati davomida "Milan", "Shenchjen" va "Deportivo" kabi jamoalarni boshqargan.
Fikrlar