Ана холос! "Шўртан"солиқларни тўламагани учун МИБдан огоҳлантириш олди
"Sho'rtan professional futbol klubi" Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 7.09.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan 110 mln 663 ming 983 so'm hamda 27 09. 2019 yildagi ijro varaqasiga asosan 358 mln 344 ming 988 so'm, jami salkam 470 mln so'm soliqdan qarzdorligi mavjud edi.
Ogohlantirishlarga qaramasdan, klub qarzdorlikni bartaraf etmagach, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan majburiy tartibda undirish belgilandi.
Joriy yilning 17 dekabr kuni klub rahbari boshqaruvidagi Malibu va Lacetti, hamda klubga tegishli bo'lgan Matiz rusumli yengil avtomashinalar hamda avtobus xatlab olindi.
Agar klub Byuro tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmasa, bu avtomashinalar sotuvga qo'yilib, tushgan mablag'lar orqali qarzdorlikni qoplash choralari ko'riladi.
Manbaa: Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog'i
Фикрлар