
Ana xolos: UFC Konor Makgregor bilan butunlayga xayrlashdi!
Bir necha kun avval Konor Makgregor mashg‘ulotlarga qaytgani haqida ma’lum qilgan edi. Biroq bugun kutilmagan holat yuz berdi.
Aniqrog‘i, aralash yakkakurashlar yulduzi UFC ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Bu haqda "UFC Roster Tracker" X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.
Shunday qilib, irlandiyalik endi UFC turnirlarida ortiq ishtirok etmaydi.
Ma’lumot uchun, oxirgi jangida Dastin Poredan 1-raundda texnik nokautga uchragan Konor UFC da jami 14 bor oktagonga ko‘tarilib, ularning 10 tasida g‘alaba, 4 tasi mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar