Ana xolos! "Yuventus" bir necha yil evrokuboklarda ishtiroksiz qolishi mumkin

  • 27 may, 2023, 09:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ni bir necha yilga evrokuboklarda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, UEFAdagi yuqori martabali shaxslar "Yuventus"ga klubdagi rahbarlik lavozimlariga yangi odamlar kelishi bilan Superliga loyihasi cheklanishiga umid qilishgan, ammo bu amalga oshmayapti. Manbaga ko‘ra, Turin klubining xatti-harakati UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga juda yoqmagan. Qayd etilishicha, UEFA qo‘lida “Yuventus” ishida firibgarlik haqida juda ko‘p ma’lumotlar bor.

Taxminlarga ko‘ra, "Yuventus" bo‘yicha yakuniy UEFA  qarori iyun oyida e’lon qilinadi. Agar turinliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani isbotlansa, u holda "keksa senyora" yaqin yillar davomida Evropa bilan xayrlashishi mumkin.

36-turdan keyin “Yuventus” 59 ochko bilan A Seriyada 7 o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!