
Anastasiya Sevastova Yurmalada g‘olib bo‘ldi
Latviyalik Anastasiya Sevastova hamda polshalik Katajina Kava Yurmala shahrida o‘tkazilgan musobaqada bosh sovrin uchun kuch sinashdi.
2 soat 9 daqiqa davom etgan o‘yinda Anastasiya 3:6, 7:5, 6:4 hisobida raqibidan ustun keldi va bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Shuningdek, "Baltic Open" bosh sovrini bilan birgalikda Sevastova 280 reyting ochkosi va 34,677 evro pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar