
Anchelotti: "Biz uchun Chempionlar ligasi o‘ziga xosdir"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kechagi muhim g‘alabadan so‘ng Chempionlar ligasi haqidagi gaplarini mashhur jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
“Real Madrid" uchun Chempionlar ligasi o‘ziga xos turnir hisoblanadi. Bu biz uchun an’ana, bundan tashqari, sehr ham. Umid qilamanki, biz bu ajoyib yurishimizni qayta-qayta davom ettiramiz. Shu bilan birga, bosh sovrinni ham qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Anchelotti boshchiligidagi "qirollik klubi" navbatdagi bellashuvini 15 fevral kuni "Osasuna" qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar