Anchelotti: "Biz uchun mavsum endi boshlandi"

  • 12 fevral, 03:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida "Real Madrid" "Manchester Siti" bilan kuch sinashib, so‘nggi daqiqalarda Bellingemning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi. Uchrashuvdan so‘ng "qirollik klubi" bosh murabbiyi hisoblangan Karlo Anchelotti o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Biz bu g‘alabaga to‘laqonli loyiq edik. Men jamoam bilan birga, to‘g‘ri yo‘lga qaytib olganimizni sezmoqdaman. Shu ham ta’kidlashim kerak, biz uchun mavsum endi boshlandi" - dedi italiyalik mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti boshchiligidagi "qaymoqranglilar" navbatdagi uchrashuvini 15 fevral kuni "Osasuna"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!