Anchelotti: "Bugungi uchrashuvda bizga sovuqqonlik etishmadi"

  • 7 mart, 2024, 07:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Real" - "Leyptsig" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Orban imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Bellashuvdan so‘ng Karlo Anchelotti matbuot anjumanida o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Juda qiyin o‘yin bo‘ldi, biz yomon o‘ynadik. Bugun bizga sovuqqonlik etishmadi. Bundan tashqari o‘yinimiz qovushmaganiga futbolchilar ruhiy bosimda harakat qildi.

Yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q mahoratli raqibga qarshi o‘ynadik. Boshidanoq muammolarga duch keldik, qiynaldik, lekin asosiysi chorak finalga chiqish edi va biz buni uddaladik. "Chelsi" bilan uy uchrashuvida ham shunday bo‘lgan edi", - dedi italiyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!