
Anchelotti: "Hech qanaqa ekstra-taym, penaltilar haqida o‘ylayotganimiz yo‘q"
Bugun tungi soat 00:00 da "Manchester Siti" va "Real" Madrid jamoalari Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun maydonga tushadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan Ispaniya klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘tgan mavsumdagi bahs bilan solishtiradigan bo‘lsak, ikki jamoada ham o‘sish borligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Bu safar qandaydir o‘zgacha uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylamayman.
Hozir raqibimiz Evropadagi eng kuchli jamoa. O‘ylashimcha, birinchi o‘yin kabi bunisi ham hayajonli bo‘ladi.
Penaltilar haqida o‘ylash biz uchun xato. To‘g‘ri, vaziyat shuni taqozo etishi mumkin, ammo e’tiborni faqat qo‘shimcha vaqt yoki seriyaga qaratadigan bo‘lsak, biz katta xavf ostida qolamiz.
Biz asosiy vaqtda masalani hal qilishni istaymiz. Hech qanaqa ekstra-taym, penaltilar haqida o‘ylayotganimiz yo‘q", - dedi italiyalik mutaxassis uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Fikrlar